«Galatasaroy» «Lokomotiv»ga Aleksey Batrakov uchun 25+3 million yevro miqdorida rasmiy taklif yubordi. Bu haqda jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘g‘lu xabar bermoqda.
Avvalroq, «temiryo‘lchilar» 21 yoshli yarim himoyachini 28 million yevroga sotishga tayyorligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
Turkiya klubi Batrakovning o‘zi bilan kelishuvga erishib bo‘lgan. Endilikda yakuniy deb qaralayotgan ushbu taklifga «Loko»ning javobi kutilmoqda.
Batrakov — «Lokomotiv» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.













