Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Lammens «Yunayted»da 1-raqamni oldi

Lammens «Yunayted»da 1-raqamni oldi

Baho:
+ | -

Darvozabon Senne Lammens 2026/27 yilgi mavsumda «Manchester Yunayted»ning 1-raqami ostida to‘p suradi.

Belgiyalik golkiper o‘tgan yozda «Antverpen»dan «qizil iblislar» safiga ko‘chib o‘tgach, 31-raqamli libosni olgan edi.

O‘sha vaqtda birinchi raqam Altay Bayindirga tegishli edi, ammo Turkiya terma jamoasi darvozaboni endi ijara asosida «Selta» sharafini himoya qiladi.

Mavsum yakunlariga ko‘ra, belgiyalik darvozabon Premyer-liga tomonidan «Mavsum transferi» mukofotiga loyiq ko‘rildi. U jami 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va Maykl Karrik jamoasiga chempionatda uchinchi o‘rinni egallashga yordam berdi.

Lammens APL erasida «Manchester Yunayted»ning 1-raqamini kiyadigan sakkizinchi darvozabonga aylanadi. Bu raqam ostida to‘p surgan birinchi golkiper Peter Shmeyxel bo‘lib, u 1992 yildan 1999 yilgacha ushbu raqamda o‘ynagan.

Kiritildi: 17:00, 14.08.2026.
O'qildi: 1203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик