«Real Madrid»ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe yangi mavsum oldidan o‘z umidlari va jamoaning yangi bosh murabbiysi Joze Mourinyo haqida fikr bildirdi.
«Biz g‘alaba qozonishimiz kerak va menimcha, bu yil sovrinlarni qo‘lga kiritamiz. Jamoamiz oldingi mavqeini qaytara olishiga ishonchim komil. Butun mavsum davomida diqqat-e’tiborimizni bir joyga jamlaymiz.
Hozir oldinga qadam tashlash va sovrinlarni yutishning ayni vaqti. Bu yerga kelish, shu klubda bo‘lish men uchun bolalikdagi katta orzu edi. Bu yerda ekanimdan qanchalik baxtiyor va omadli ekanimni anglab turibman. Endi esa maydonga tushib, g‘alaba qozonishimiz shart.
Yonimizda g‘alaba qozonish yo‘lini va sirlarini yaxshi biladigan Joze Mourinyodek murabbiy borligi juda ajoyib», — dedi Mbappe Madrid Universal nashriga bergan intervyusida.













