Kirish Ro'yxatdan o'tish

UFC. Dana Uayt: «Xabib barcha davrlarning eng buyuk jangchisiga aylangan bo‘lardi»

UFC. Dana Uayt: «Xabib barcha davrlarning eng buyuk jangchisiga aylangan bo‘lardi»

Baho:
+1 | -

UFC prezidenti Dana Uayt tashkilotning amaldagi yarimo‘rta vazn chempioni Islam Maxachev va sobiq chempion Xabib Nurmagomedovning yutuqlarini o‘zaro solishtirdi.

Uaytning fikricha, Maxachev oktagonda uzoqroq faoliyat olib borgani evaziga UFC'da Xabibga qaraganda ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishgan. Biroq tashkilot rahbari Nurmagomedov 2020 yilda faoliyatini yakunlamaganida, bundan ham hayratlanarli meros qoldirishi mumkin edi deb hisoblaydi.

«Ochiq-odin ko‘rinib turibdiki, Islam Xabibga qaraganda ko‘proq natijaga erishdi, chunki u uzoqroqjang qildi. Agar Xabib faoliyatini davom ettirganida yana nimalarga erisha olish mumkinligini kim bilsin, deysiz.

Rostini aytganda, agar Xabib hammaning qo‘lidan kelishini yaxshi bilgan narsalarini qilishda davom etganida, u shubhasiz barcha davrlarning eng buyuk jangchisiga aylangan bo‘lardi», — dedi Uayt TMZ Sports nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 18:57, 14.08.2026.
O'qildi: 1320 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик