Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Superliga: "Dinamo" va "Xorazm" 4 ta gol urilgan o‘yinda durang qayd etdi

Superliga: "Dinamo" va "Xorazm" 4 ta gol urilgan o‘yinda durang qayd etdi

Baho:
+ | -

Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Dinamo" — "Xorazm" uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Samarqandda o‘tgan bahsda hisobni 41-daqiqada "Xorazm" yarim himoyachisi Rustamjon Abduhamidov ochdi. Shu tariqa, mehmonlar birinchi bo‘limni minimal ustunlik bilan yakunladi.

Ikkinchi bo‘limda "Dinamo" tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. 63-daqiqada Behruzbek Oblaqulov hisobni tenglashtirdi.

75-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Jahongirbek Abdusalomov "Dinamo"ning ikkinchi golini urib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

Biroq samarqandliklar ustunlikni saqlab qola olmadi. 80-daqiqada Diyorbek Ortiqboyev "Xorazm"ning javob golini kiritdi va hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Qolgan daqiqalarda jamoalar g‘alaba golini ura olmadi va uchrashuv durang bilan yakunlandi.

"Dinamo" 22 ochko bilan 8-o‘rinda, "Xorazm" 20 ochko bilan 11-pog‘onada.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:54, 14.08.2026.
O'qildi: 1176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик