Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/08 19:00 Nasaf 1-2 Paxtakor
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi

Infantinoning o‘z vakolatini suiiste’mol qilmagani ma’lum bo‘ldi

Infantinoning o‘z vakolatini suiiste’mol qilmagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

FIFA prezidenti Janni Infantinoning 2016 yilda lavozimga saylanganidan ko‘p o‘tmay unga nisbatan o‘tkazilgan tergov tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

The Times xabar berishicha, FIFA ushbu ish bo‘yicha to‘liq hisobotni o‘n yil davomida e’lon qilmagan. Xususan, FIFA rahbari Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga uchgan, keyin esa Qatarga yo‘l olgan. Ushbu safarlar xarajatlarini Rossiya va Qatar tomonlari to‘lagan. Infantinoning Milandan Rimga qilgan safari ham alohida tekshirilgan. U Rimga rafiqasi va onasi bilan birga Rim papasi Fransisk bilan uchrashish uchun borgan.

FIFA prezidenti tergovchilarga xususiy samolyot rossiyalik milliarder, Alisher Usmonovning sobiq biznes hamkori Leon Semenenkoga tegishli bo‘lganini ma’lum qilgan. FIFAning Etika qo‘mitasi tekshiruvni 2016 yil yozida yakunlagan. Infantino oqlangan — xususiy samolyotlardan foydalanishda qoidabuzarlik aniqlanmagan.

Shuningdek, tekshiruv Infantino saylanganidan keyingi shartnomasiga ham taalluqli bo‘lgan. U dastlab shartnomani imzolashdan bosh tortgan va unga taklif qilingan yillik 2 million dollarlik maoshni «haqoratomuz» deb atagan. Tergov natijalariga ko‘ra, Infantino ko‘rib chiqilgan barcha epizodlar bo‘yicha oqlangan va unga nisbatan hech qanday sanksiya qo‘llanilmagan.

Kiritildi: 21:55, 14.08.2026.
O'qildi: 1019 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик