Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm 1-3 Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Quvondiq Ro‘ziyev: «Buxoro» jamoasi kuchli uchlikdan joy olishi uchun bor kuchimiz bilan kurashamiz»

Quvondiq Ro‘ziyev: «Buxoro» jamoasi kuchli uchlikdan joy olishi uchun bor kuchimiz bilan kurashamiz»

Baho:
+ | -

"Buxoro" tarkibiga yaqinda kelib qo‘shilgan tajribali futbolchi Quvondiq Ro‘ziyev kecha debyut uchrashuvini o‘tkazib, o‘z hisobiga assist yozdirib qo‘ydi.

Mahoratli futbolchimiz ilk bor klub matbuot xizmatiga intervyu berib, dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Quvondiq aka, avvalambor, «Buxoro» tarkibidagi debyut uchrashuvingiz va qo‘lga kiritilgan ishonchli g‘alaba bilan tabriklaymiz! Birinchi o‘yiningizda chiroyli assistni amalga oshirdingiz. Dastlabki taassurotlaringiz qanday?

— Avvalambor, Buxoro ahlini muhim g‘alaba bilan tabriklayman. Barcha futbolchilar murabbiylarimiz ko‘rsatmalarini astoydil bajarishga harakat qildi va o‘ylagan rejalarimiz amalga oshdi. O‘yin oxirigacha sabr qildik va ijobiy natijani qo‘lga kiritdik. Debyut uchrashuvimda jamoam g‘alabasiga hissa qo‘shganimdan xursandman.

— Jamoamiz tarkibiga kelib qo‘shilganingizga hali ko‘p bo‘lmadi, moslashish jarayonlari qanday kechmoqda?
— Jamoaga asta-sekin moslashyapman. Bu yerda ham oldin bir jamoada harakat qilgan bir nechta do‘stlarim bor. Ko‘rinib turibdiki, jamoamiz juda ahil va yaxshi kollektiv yig‘ilgan, shu sababli moslashish jarayoni oson kechmoqda.

— «Buxoro» jamoasiga transfer oynasining so‘nggi kunida kelib qo‘shildingiz. Jamoamizga kelish varianti qanday paydo bo‘ldi? Qaror qabul qilishda nimalar muhim bo‘ldi?
— Jamoaga kelishimga direktorimiz Shavkat Salomovning hissasi katta bo‘ldi. Murabbiy meni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlashini tushuntirdi. Shu sababli jamoaning ko‘rsatayotgan o‘yini va turnir jadvalidagi o‘rnidan kelib chiqib, «Buxoro» taklifini o‘ylab o‘tirmasdan qabul qildim.

— Ayni vaqtda «Buxoro» jamoasi musobaqa jadvalida kuchli uchlikda bormoqda. Jamoaning potensialini qanday baholaysiz?
— Jamoamizning yuqori uchlikda turishi to‘satdan bo‘lib qolgani yo‘q. Buning tagida katta mehnat bor. Nafaqat futbolchilar, murabbiylar, butun rahbariyat — hammaning mehnati yotibdi. Shu sababli hozirgi kunda Superligada yuqori o‘rinlarda bo‘lish, men o‘ylaymanki, ajoyib natija. Chunki «Navbahor», «OKMK», «Nasaf» kabi kuchli jamoalar bilan qizg‘in kurash kechmoqda va bu oxirigacha davom etsa kerak. Shu sababli jamoa tasodifan bu o‘rinlarda emas, rahbariyatning qo‘llab-quvvatlashi, izlanishlar va qattiq mehnat sabab bu natijaga erishmoqda.

— Keyingi turda sobiq jamoangiz «Neftchi» klubiga qarshi maydonga tushamiz. Mazkur bellashuvdan nimalar kutyapsiz?
— Albatta, amaldagi chempionlarga qarshi o‘ynash har doim qiziq bo‘ladi. Menimcha, o‘yin kuni muxlislar stadionni to‘ldirishadi. Tabiiyki, biz muxlislar qarshisida har doim g‘alaba uchun to‘p suramiz. Muxlislar qo‘llab-quvvatlashi bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Shu sababli g‘alaba qozonish uchun bizda imkoniyat bor deb o‘ylayman va buning uchun maydonda bor kuchimizni ishga solamiz.

— Buxorolik muxlislar mavsum davomida sizdan ko‘p narsa kutishadi. Boisi, jamoamiz tarkibidagi eng tajribali futbolchilardan biri sizsiz...
— Buni juda yaxshi his qilib turibman. Jamoaga yordam berish uchun kelganman. Bu har bir futbolchining vazifasi deb o‘ylayman. Jamoa chempionat oxirida kuchli uchlikdan joy olishi uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Muxlislar ishonchi uchun katta rahmat aytib qolaman.

Manba: @FKBUXORO04
Kiritildi: 07:28, 15.08.2026.
O'qildi: 1347 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик