Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Chelsi» o‘yinchisi «Al-Hilol»da Malkomning o‘rnini egallashi mumkin

«Chelsi» o‘yinchisi «Al-Hilol»da Malkomning o‘rnini egallashi mumkin

Baho:
+ | -

«Chelsi» vingeri Pedru Netu yana «Al-Hilol»ning transfer nishonlari qatorida paydo bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni klubining portugaliyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishi haqidagi xabarlar o‘tgan oyda paydo bo‘lgan edi. Jurnalist Janluidji Longarining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, «Al-Hilol» rahbariyati Netuni Malkomning o‘rniga munosib nomzod sifatida jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Braziliyalik futbolchi transfer oynasi yopilguniga qadar jamoani tark etishi mumkin.

Transfermarkt portali Pedru Netuning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda. 26 yoshli futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, «Al-Hilol» Saudiya Arabistoni chempionatining o‘tgan mavsumida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Kiritildi: 12:36, 15.08.2026.
O'qildi: 628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик