Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Kristal Pelas» «Yunion» vingeri Xalaylini 21 mln funtga sotib oldi

«Kristal Pelas» «Yunion» vingeri Xalaylini 21 mln funtga sotib oldi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Kristal Pelas» klubi Belgiyaning «Yunion» jamoasidan izroillik vinger Anan Xalayli transferini rasman e’lon qildi. 21 yoshli futbolchining transfer summasi 21 million funt sterlingni tashkil etdi. U londonliklar bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Futbolchi qanot hujumchisi va qanot himoyachisi pozisiyalarida o‘ynay oladi.

Xalayli o‘z professional faoliyatini Hayfaning «Makkabi» klubida boshlagan bo‘lib, u yerda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan. Jamoa bilan birgalikda 2023 yilda Isroil Superkubogida g‘olib chiqqan.

2024 yilning yozida u «Yunion» safiga borib qo‘shildi. Belgiya klubi tarkibida Xalayli mamlakat chempioni va Kubogi sohibiga aylandi, shuningdek Chempionlar Ligasida uchta gol urishga erishdi. Isroil terma jamoasi safida esa 16 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Xalayli yozgi transfer oynasida Oskar Mingesa, Takexiro Tomiyasu, Duayt Maknil va Evann Gessandan so‘ng «Kristal Pelas»ning beshinchi yangi xaridi bo‘ldi.

Kiritildi: 14:04, 15.08.2026.
O'qildi: 654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик