Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo haqida iliq fikrlarni bildirdi va portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida ishlashdan xursand ekanini ta’kidladi.
«Mourinyo — ajoyib va hayratlanarli murabbiy. Men futbolchi, shaxs va yetakchi sifatida o‘sish uchun undan har kuni yangi narsalarni o‘rganishga harakat qilyapman. Joze bilan juda a’lo munosabatdaman», — dedi Valverde insayder Fabrisio Romanoga bergan intervyusida.
O‘tgan mavsumda «Real» birorta ham sovrin yuta olmagach, jamoaga yangi murabbiy tayinlandi. Madridliklar ustoziga aylangan Joze Mourinyo bunga qadar «Benfika» klubida faoliyat yuritayotgan edi.













