Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Superligada avtogollar kuni: “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni mag‘lub etdi

Superligada avtogollar kuni: “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 17-turi doirasidagi yettingchi uchrashuv yakunlandi. Unda “Qo‘qon-1912” jamoasi Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qildi.

Birinchi bo‘limning 8-daqiqasida mezbonlar hisobni ochdi. “Temiryo‘lchilar” himoyachisi Oleksandr Kucherenko o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan 4 daqiqa o‘tar-o‘tmas “Qo‘qon-1912” jamoasi hujumchisi Silvanus Nimeli farqni ikkitaga oshirdi. Asosiy vaqtning so‘nggi 10-daqiqasida mehmonlar hisobni qisqartirdi. Oleg Zoteevning zarbasidan so‘ng qo‘qonliklar yarimhimoyachisi Shota Gvaraza o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi — 2:1.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Qo‘qon-1912” 15 ochko bilan turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda. “Lokomotiv” esa 28 ochko bilan 7-o‘rindan joy olgan.

“Qo‘qon-1912” 18-tur doirasida mehmonda “Bunyodkor” bilan bahs olib boradi. “Lokomotiv” esa “Xorazm” jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

O‘zbekiston Superligasi, 17-tur
“Qo‘qon-1912” — “Lokomotiv” 2:1
Gollar: 1:0 — Kecherenko, avtogol (8), 2:0 — Nimeli (12), 2:1 — Gvaraza, avtogol(12)

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:57, 15.08.2026.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик