Deutsche Welle xabariga ko‘ra, «Bavariya» klub aksiyalarining 5 foizini Viessmann Generations Group korporasiyasiga 250 million yevroga sotmoqda.
Shu tariqa, klubning umumiy qiymati 5 milliard yevroga baholanmoqda.
Viessmann Generations Group klubning to‘rtinchi tashqi aksiyadoriga aylanadi. Tashqi aksiyadorlar ixtiyoridagi aksiyalarning umumiy ulushi 30 foizni tashkil etadi — bu klub Nizomiga ko‘ra ruxsat etilgan maksimal ko‘rsatkich.
Aksiyalarning 70 foizi esa klub muxlislari uyushmasi tasarrufida qoladi.













