Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Konsa yoki Kuansa: "Arsenal" transfer oynasi yopilgunicha kimni sotib oladi?

Konsa yoki Kuansa: "Arsenal" transfer oynasi yopilgunicha kimni sotib oladi?

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar yangi markaziy himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

"To‘pchilar" jarohat sababli mavsum boshini o‘tkazib yuboradigan Vilyam Salibaga o‘rinbosar qidirmoqda. Poytaxt grandining asosiy nishonlari sifatida "Aston Villa"dan Ezri Konsa va "Bayer"dan Jarell Kuansa ko‘rilmoqda. Jurnalist Sami Mokbel bergan ma’lumotga ko‘ra, murabbiy Mikel Artetaning o‘z aniq favoriti bor — bu Konsa. Ispaniyalik mutaxassis yangi markaziy himoyachi jamoaga darhol kirishib ketishi va uni kuchaytira olishini xohlamoqda.

Muammo narxda bo‘lib turibdi: "Aston Villa" 28 yoshli futbolchi uchun taxminan 60 million funt sterling (70 million yevro) talab qilmoqda va "villaliklar" yon berish niyatida emas. "Arsenal" esa deyarli 25 million yevro kamroq taklif qilmoqda. Agar amaldagi chempionlar kelishuvni yakunlashni istashsa, katta ehtimol bilan Birmingem klubining shartlariga rozi bo‘lishlariga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 08:46, 16.08.2026.
O'qildi: 496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик