"Manchester Siti" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Enso Fernandes bilan shartnoma imzolash umidini hali ham boy bergani yo‘q.
"Shaharliklar" "ko‘klar" tomonidan belgilangan muhlatga ulgurishmadi va juma kechigacha talab qilingan summani — taxminan 140 million yevroni taklif qilishmadi. Shunga qaramay, insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, "Siti" vakillari argentinalik futbolchi nomzodidan voz kechishgani yo‘q va transferni amalga oshirish yo‘lini topish maqsadida "Chelsi"ga qo‘ng‘iroq qilishda davom etishmoqda.
Transfermarkt portali Enso Fernandesning qiymatini 100 million yevroga baholamoqda. Londonliklar ushbu xavbekni 2023 yil boshida "Benfika"dan 121 million yevro evaziga xarid qilishgan edi. 25 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan.













