«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS doirasida «Neshvill»ga qarshi o‘yinning 45-daqiqasida golli uzatmani amalga oshirdi. Uchrashuv «Inter Mayami»ning 1:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Bundan avval, birinchi bo‘lim o‘rtasida, hisob 0:1 bo‘lib turgan paytda, 39 yoshli futbolchi penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Shu tariqa, hujumchining MLSdagi golsiz seriyasi 3 ta o‘yinga yetdi.
Umuman, Messi ligadagi mavsumning 16 ta o‘yinida 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













