Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

"U asosiy syurprizlardan biri bo‘ldi": Mareska "Siti"ning yosh iqtidori haqida gapirdi

"U asosiy syurprizlardan biri bo‘ldi": Mareska "Siti"ning yosh iqtidori haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enso Mareska 18 yoshli Rayan Makaydu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Angliyalik vinger mavsum oldi tayyorgarlik jarayonida "shaharliklar"ning yangi ustozida katta taassurot qoldirdi.

— Rayan asosiy syurprizlardan biriga aylandi — buni hech kim kutmagan edi. U juda yaxshi harakat qildi. Menga maydonda shunday tajovuzkor bo‘lgan qanot o‘yinchilari yoqadi. O‘ylashimcha, unga biz bilan qolgani, asosiy tarkib bilan tajriba orttirgani, Antuana Semenyo va Jeremi Dokudan o‘rgangani ma’qulroq. Men "o‘rganish" haqida gapirganimda, gap raqiblarni aldab o‘tish mahorati haqida emas, balki ishga bo‘lgan to‘g‘ri munosabat va mashaqqatli mehnat haqida bormoqda. Ba’zida yosh futbolchilar qiyinchiliklarga duch kelishadi: ular allaqachon hamma narsaga tayyorman deb o‘ylay boshlashadi va fidoyilik bilan mehnat qilishni to‘xtatishadi. Rayanning o‘rganishda davom etayotgani juda ajoyib, — dedi Mareska City Report nashriga.

Makaydu "Siti"ning asosiy jamoasi safida ikkita rasmiy o‘yinda maydonga tushishga ulgurgan — u o‘tgan Angliya Kubogi bahslarida ikki bor zaxiradan maydonga tushgan edi.

Kiritildi: 12:13, 16.08.2026.
O'qildi: 525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик