Transfermarkt ma’lumotlari asosida Angliya Premyer-ligasi klublarining tarkib qiymati bo‘yicha reytingi tuzildi. Unga ko‘ra, "Manchester Siti" 1,47 milliard yevro bilan birinchi o‘rinni egallagan.
Ikkinchi o‘rinda "Arsenal" — London klubi futbolchilarining umumiy bozor qiymati 1,41 milliard yevroga baholangan. Kuchli uchlikni 1,37 milliard yevro ko‘rsatkich bilan "Chelsi" yakunlab bergan.
Keyingi o‘rinlarda "Liverpul" — 979 mln yevro, "Tottenxem" — 920 mln yevro va "Manchester Yunayted" — 874 mln yevro joylashgan.
Klublarning umumiy tarkib qiymati:
- "Manchester Siti" — 1,47 mlrd yevro
- "Arsenal" — 1,41 mlrd yevro
- "Chelsi" — 1,37 mlrd yevro
- "Liverpul" — 979 mln yevro
- "Tottenxem" — 920 mln yevro
- "Manchester Yunayted" — 874 mln yevro
- "Brayton" — 619 mln yevro
- "Bornmut" — 572 mln yevro
- "Nyukasl" — 567 mln yevro
- "Brentford" — 565 mln yevro
- "Aston Villa" — 530 mln yevro
- "Nottingem Forest" — 517 mln yevro
- "Kristal Pelas" — 504 mln yevro
- "Everton" — 459 mln yevro
- "Lids" — 426 mln yevro
- "Sanderlend" — 392 mln yevro
- "Fulxem" — 328 mln yevro
- "Ipsvich Taun" — 280 mln yevro
- "Koventri Siti" — 251 mln yevro
- "Hall Siti" — 113 mln yevro.
Shu tariqa, ligada faqat "Manchester Siti", "Arsenal" va "Chelsi" tarkibining umumiy bozor qiymati 1 milliard yevrodan yuqori baholangan.













