Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Niko Elvedi APLga yo‘l olmoqda

Niko Elvedi APLga yo‘l olmoqda

Baho:
+ | -

Florian Plettenbergning xabariga ko‘ra, Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Elvedi faoliyatini «Lids»da davom ettiradi.

Bitim summasi 10 million yevro va keyingi sotuvdan 15 foizni tashkil etadi.

Hozirda tomonlar kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishni yakunlashmoqda, 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydigan futbolchining o‘zi esa tibbiy ko‘rikka tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shveysariya terma jamoasi a’zosi 2015 yilning yozida klub tizimiga kelib qo‘shilgan edi — o‘shandan beri u asosiy jamoa tarkibida 364 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Niko ushbu mavsumlararo tanaffusda «Lids»ning to‘rtinchi yangi xaridiga aylanadi — bungacha jamoaga Garri Uilson (erkin agent), Tarik Muxaremovich (37 mln) va Jeyms Trafford (46,7 mln) kelib qo‘shilgan edi.

Kiritildi: 12:45, 16.08.2026.
O'qildi: 345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик