Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

«Nyukasl» og‘ir yo‘qotishga uchradi

«Nyukasl» og‘ir yo‘qotishga uchradi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» bosh murabbiyi Mattias Yayssle markaziy yarim himoyachi Joelinton jarohat olgani va bir necha haftani o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.

«Joelinton, ming afsuski, jarohat oldi. Vaziyatga qaraganda, u bir necha haftaga safdan chiqdi. Bu muammoni imkon qadar tezroq hal qilishimiz kerak.

U dastlabki haftalarni aniq o‘tkazib yuboradi, ammo barcha tafsilotlar keyinroq taqdim etiladi», — dedi Yayssle.

«Nyukasl» Premyer-liganing 2026/27 yilgi mavsumini o‘z maydonida «Liverpul»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Jamoalar chempionatning 1-turi doirasida 23 avgust kuni «Sent-Djeyms Park»da to‘qnash kelishadi.

O‘tgan mavsumda Joelinton 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 12:51, 16.08.2026.
O'qildi: 858 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик