Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/08 19:00 Nasaf 1-2 Paxtakor
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi

«Real», «Barsa» va «Atletiko» AZ a’zosi Smitga qiziqmoqda

«Real», «Barsa» va «Atletiko» AZ a’zosi Smitga qiziqmoqda

Baho:
+-1 | -

AZ klubi yarim himoyachisi Kes Smit «Real», «Atletiko» va «Barselona» e’tiborini tortdi, deb xabar bermoqda AS.

Biroq kataloniyaliklar hozirda asosiy e’tiborini «Manchester Siti»dan Rodri transferiga qaratgan. «Real» esa biror futbolchisini sotmagunicha yangi xaridlarni amalga oshirishni rejalashtirmayapti. «Atletiko» esa qishda Smitni sotib olishga uringan, ammo rad javobini olgach, yozda aynan shu pozisiyaga Morten Yulmandni taklif qildi.

20 yoshli futbolchi AZda yana bir mavsum qolib, kelasi yozda jamoani tark etishi mumkin. Uning transfer narxi 60 million yevroga baholanmoqda. O‘tgan mavsumda xavbek Niderlandiya chempionatida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 15:25, 16.08.2026.
O'qildi: 561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик