«Manchester Siti» «Barselona»ning 30 yoshli yarim himoyachi Rodri transferi bo‘yicha bergan so‘nggi taklifini qabul qilmadi.
Marca nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi ispan futbolchisi uchun 60 million yevro hamda yana 10 million yevro bonus sifatida taklif qilgan. Biroq «shaharliklar» bu summaga rozi bo‘lishmadi — ular bonuslarni hisobga olgan holda jami 80 million yevro olishni istashmoqda.
Shunga qaramay, tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda va jarayonga optimistik ruhda qarashmoqda. Klublar yaqin kunlarda o‘zaro kelishuvga erishishi kutilmoqda.













