2026/27 yilgi Angliya Premyer-ligasi mavsumi murabbiylar borasida katta o‘zgarishlar bilan boshlanadi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, chempionatdagi 20 klubdan rekord darajadagi 9 tasi yangi doimiy bosh murabbiy bilan mavsumga kirishadi.
Eng katta o‘zgarishlar yetakchi klublarda kuzatildi. "Manchester Siti"da Pep Gvardiola o‘rnini Enso Mareska egalladi, "Liverpul" Arne Slotdan keyin Andoni Iraolani bosh murabbiy etib tayinladi. "Chelsi" esa yangi mavsumni Xabi Alonso qo‘l ostida boshlaydi.
Shuningdek, Marko Roze "Bornmut", Pyer Saj "Kristal Pelas", Alvaro Arbeloa "Fulxem", Gari O'Nil "Ipsvich", Mattias Yayssle "Nyukasl" va Oliver Glasner "Nottingem Forest" bosh murabbiyiga aylangan.
2026/27 yilgi mavsum oldidan yangi murabbiy tayinlagan APL klublari:
- "Manchester Siti" — Enso Mareska
- "Liverpul" — Andoni Iraola
- "Chelsi" — Xabi Alonso
- "Bornmut" — Marko Roze
- "Kristal Pelas" — Pyer Saj
- "Fulxem" — Alvaro Arbeloa
- "Ipsvich" — Gari O'Nil
- "Nyukasl" — Mattias Yayssle
- "Nottingem Forest" — Oliver Glasner.
Bu fonda "Arsenal" barqarorlik borasida ajralib turibdi. Mikel Arteta 2019 yil dekabridan beri jamoani boshqarib kelmoqda va hozir APLda eng uzoq vaqtdan beri o‘z lavozimida ishlayotgan murabbiy hisoblanadi. U 2025/26 yilgi mavsumda "Arsenal"ni 22 yillik tanaffusdan keyin Angliya chempionligiga olib kelgan.













