Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Nyukasl» Baleba uchun 76 mln yevro sarflashi mumkin

«Nyukasl» Baleba uchun 76 mln yevro sarflashi mumkin

Baho:
+ | -

«Nyukasl» «Arsenal»ga o‘tib ketgan Bruno Gimaraesning o‘rniga «Brayton» yarim himoyachisi Karlos Balebani nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qarg‘alar» 22 yoshli kamerunlik futbolchini 65 million funt (76 million yevro) evaziga sotib olishlari mumkin. Ta’kidlanishicha, oxirgi ikki mavsum davomida Balebani «Manchester Yunayted» ham kuzatib borayotgan edi, biroq ushbu yozda Andrey Santos xarid qilingach, mankunianliklarning unga bo‘lgan qiziqishi pasaygan.

O‘tgan mavsumda Baleba «Brayton» safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo mahsuldor harakatlar (gol va assist) bilan ajralib turmadi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 17:02, 16.08.2026.
O'qildi: 544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик