Bergamoning «Atalanta» klubi himoyachi Raul Bellanova bo‘yicha «Fulxem»dan tushgan taklifni qabul qilmadi.
Taniqli insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klubi 25 yoshli italiyalik futbolchi uchun 20 million yevro taklif qilgan. Biroq Bellanova transferga qo‘yilmagan va «Atalanta» rahbariyati uni ushbu yozgi transfer oynasida jamoada olib qolishni rejalashtirmoqda.
O‘tgan mavsumda Bellanova A Seriya doirasida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan va 2 marotaba sariq kartochka bilan jazolangan.













