Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Barselona» Ektor Fortni 15–20 mln yevroga sotishga tayyor

«Barselona» Ektor Fortni 15–20 mln yevroga sotishga tayyor

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Ektor Fortning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan transferi shartlari ma’lum bo‘ldi.

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Kataloniyaliklar Fortni 15–20 million yevroga baholamoqda. Shu bilan birga, agar kelishuvga keyingi sotuvdan ulush olish yoki futbolchini qayta sotib olish opsiyasi kiritilsa, «Barselona» transfer narxini pasaytirishga ham rozi bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, 19 yoshli himoyachi «blaugrana» bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning kelajakdagi rejalaridan o‘rin olmagan.

O‘tgan mavsumni Fort «Elche»da ijara asosida o‘tkazib, La Ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushgan va 2 ta gol urishga erishgan.

Kiritildi: 17:51, 16.08.2026.
O'qildi: 883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик