«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland faoliyatini yana Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.
Myunxenning «Bavariya» klubi norvegiyalik to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati Xolandni jamoaning amaldagi hujumchisi Xarri Keynga uzoq muddatli o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Myunxenliklar bir necha yildan so‘ng ushbu transferni amalga oshirishga harakat qilib ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Xoland ilgari Germaniyada Dortmundning «Borussiya» klubi sharafini himoya qilgan.













