Angliyalik yarim himoyachi Ruben Loftus-CHikning «Milan»dagi kelajagi borasidagi qarori keskin o‘zgardi. Yoz boshida u jamoani tark etishga qat’iy qaror qilgan bo‘lsa, hozirda nafaqat qolishni, balki klub bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni ham ko‘rib chiqmoqda.
Pianetamilan.it xabariga ko‘ra, bunday o‘zgarishga jamoaning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorimning taktik yondashuvi sabab bo‘lgan. Amorim ingliz futbolchisidan oldingi mavsumlardan farqli o‘laroq, o‘ng qanotda foydalanmoqda va bu rol Loftus-CHikga juda ma’qul kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Loftus-CHik 2023 yildan beri, ya’ni Stefano Pioli boshqaruvi davridan buyon «rossoneri» sharafini himoya qilib kelmoqda.













