Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

17 ta zarba ham yordam bermadi — «Nasaf» «Paxtakor»ga yutqazdi (O‘yin statistikasi)

17 ta zarba ham yordam bermadi — «Nasaf» «Paxtakor»ga yutqazdi (O‘yin statistikasi)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan «Nasaf» — «Paxtakor» uchrashuvida toshkentliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq o‘yin statistikasiga ko‘ra, bir qator asosiy ko‘rsatkichlarda mezbonlar ustunlik qilgan.

«Nasaf»ning kutilgan gollar (xG) ko‘rsatkichi 1,30 ni, «Paxtakor»niki esa 1,14 ni tashkil etdi. Qarshiliklar to‘p nazoratida ham ozgina ustun bo‘ldi — 52 foizga 48.

Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari raqib darvozasi tomon 17 marta zarba berdi, shularning 4 tasi aniq chiqqan. «Paxtakor» esa 10 ta zarbadan 3 tasini darvozaga yo‘lladi. Paslar aniqligi bo‘yicha ham «Nasaf» oldinda — 74 foizga 72.

Bahsda «Paxtakor» futbolchilari 18 marta qoida buzgan, «Nasaf»da bu ko‘rsatkich 13 tani tashkil qildi. Burchak zarbalari soni teng — 3:3. Kalit paslarda toshkentliklar 7:6 hisobida ustun bo‘ldi.

Uchrashuvda hisob 15-daqiqada Alibek Davronovning avtogolidan keyin ochildi. 48-daqiqada Sharof Muhiddinov muvozanatni tikladi, ammo 71-daqiqada Oybek Bozorovning goli «Paxtakor»ga g‘alaba keltirdi — 1:2.

Kiritildi: 22:14, 16.08.2026.
O'qildi: 1230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик