Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

"Manchester Yunayted" "Bavariya" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Manchester Yunayted" "Bavariya" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

"Bavariya" markaziy himoyachisi Kim Min Je hamon "Manchester Yunayted"ning transfer maqsadlari qatorida turibdi.

"Qizil iblislar" himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida va janubiy koreyalik futbolchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Transfer News Live jurnalist Ekrem Konurga tayanib xabar berishicha, Manchester klubi 29 yoshli himoyachiga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmagan.

Biroq futbolchining o‘zi hozircha Myunxenda qolishni afzal ko‘rmoqda.

Transfermarkt mutaxassislari Kim Min Jening bozor qiymatini 20 mln yevroga baholamoqda. Markaziy himoyachining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq "Napoli"ning sobiq futbolchisiga "Fenerbaxche", "Yuventus" va "Aston Villa" klublari ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 10:55, 17.08.2026.
O'qildi: 1186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик