Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Bruno Gimaraes "Arsenal" bilan Angliya Superkubogini qo‘lga kiritganidan so‘ng fikr bildirdi

Bruno Gimaraes "Arsenal" bilan Angliya Superkubogini qo‘lga kiritganidan so‘ng fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning yangi futbolchisi Bruno Gimaraes londonliklar safidagi ilk rasmiy uchrashuvidayoq sovrin qo‘lga kiritdi.

Braziliyalik yarim himoyachi Angliya Superkubogi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi va birinchi bo‘lim oxiriga qadar maydonda harakat qildi. Tanaffusdan so‘ng uni Deklan Rays almashtirdi.

Birinchi bo‘lim yakunida "kanonirlar" 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Ikkinchi bo‘limda Mikel Arteta shogirdlari yana bir gol urib, 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

"Arsenal" futbolkasidagi birinchi o‘yin va birinchi sovrin. Hamisha to‘g‘ri boshlash muhim. Men juda xursandman va davomini sabrsizlik bilan kutyapman. Xudoga shukr", — deb yozdi 28 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqda sovrin bilan tushgan suratini ilova qilgan holda.

Bruno Gimaraes "Arsenal"ga "Nyukasl"dan o‘tgan. Uning transferi 8 avgust kuni rasman e’lon qilingan.

Kiritildi: 12:14, 17.08.2026.
O'qildi: 594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик