Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Nevin "Arsenal"ni APL va Chempionlar ligasida jiddiy da’vogar deb hisoblamoqda

Nevin "Arsenal"ni APL va Chempionlar ligasida jiddiy da’vogar deb hisoblamoqda

Baho:
+ | -

Sobiq mashhur futbolchi Pet Nevin Londonning "Arsenal" klubini Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumida chempionlik uchun asosiy favorit deb hisoblaydi.

Uning fikricha, "kanonirlar"ning hozirgi tarkibi qisqa muddatda shakllanmagan, balki bir necha yillik izchil ish samarasi hisoblanadi.

"Men "Arsenal"ga qarayman va bu jamoa olti oy emas, to‘liq olti yildan beri qurilmoqda. Ular har yili tarkibni rivojlantirishda davom etyapti va hozir o‘tgan yildagidan ham kuchliroq. Men ularni Chempionlar ligasida ham hisobdan chiqarmas edim", — deya Nevinning so‘zlarini BBC keltiradi.

Yaqinda Mikel Arteta shogirdlari Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi. "Arsenal" hal qiluvchi bahsda "Manchester Siti"ni 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.

"Kanonirlar" Premyer-liganing yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 21 avgust kuni "Koventri"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 14:27, 17.08.2026.
O'qildi: 455 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик