Dortmundning "Borussiya" klubi PAOK yarim himoyachisi Ioannis Konstantelias transferi bo‘yicha kelishuvni yakunladi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida to‘liq kelishuvga erishilgan va barcha zarur hujjatlar imzolangan. 23 yoshli futbolchi yakshanba kuni Dortmundda tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan. U yangi klubi bilan 2030 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.
Transferning kafolatlangan qismi 26 mln yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, kelishuvda yana 6 mln yevrogacha bonuslar ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, amalda bitimning umumiy qiymati taxminan 29-30 mln yevroga yetishi kutilmoqda. Shuningdek, PAOK Konstantelias kelajakda boshqa klubga sotilsa, keyingi transfer summasining 15 foizini oladi.













