Kirish Ro'yxatdan o'tish

Turkiyaning top-klublaridan biri Reshford transferiga qiziqish bildirdi

Turkiyaning top-klublaridan biri Reshford transferiga qiziqish bildirdi

Baho:
+ | -

Turkiyaning uchta yirik klubidan biri «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rgangan. Bu haqda turkiyalik insayder Yag‘iz Sabunjuo‘g‘li xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub vakillari 16 avgust kuni 28 yoshli futbolchining agenti bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer shartlari haqida ma’lumot so‘ragan. Biroq qaysi klub tashabbus ko‘rsatgani ochiqlanmagan. Turkiyaning uch yirik jamoasi sifatida odatda «Galatasaroy», «Fenerbahche» va «Beshiktosh» nazarda tutiladi.

Shu bilan birga, Fabrisio Romano 17 avgust tongida Reshford hozircha Turkiya chempionatiga ko‘chib o‘tish variantini ko‘rib chiqmayotganini yana bir bor ta’kidladi. Demak, agent bilan o‘tkazilgan dastlabki muloqot hali muzokaralar boshlanganini anglatmaydi.

Reshford ijara asosida «Barselona»da o‘tkazgan mavsumidan keyin «Manchester Yunayted»ga qaytdi. Angliyalik futbolchi hozircha Manchester klubida qolib, tarkibdagi o‘rni uchun kurashishni rejalashtirmoqda. U faqat Yevropaning yuqori darajadagi klublaridan jiddiy taklif kelsa, jamoasini almashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.

Kiritildi: 15:22, 17.08.2026.
O'qildi: 603 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик