Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon

«Ipsvich Taun» Xulio Ensisoni 30 mln yevrodan ortiq mablag‘ga sotib oldi

«Ipsvich Taun» Xulio Ensisoni 30 mln yevrodan ortiq mablag‘ga sotib oldi

Baho:
+ | -

«Ipsvich Taun» «Strasbur»ning hujumkor yarim himoyachisi Xulio Ensisoni doimiy asosda o‘z safiga qo‘shib oldi.

22 yoshli futbolchining transfer paketi bonuslar bilan birga 30 mln yevrodan oshadi. Kelishuvga Ensisoning keyingi transferidan «Strasbur»ga ulush ajratish bandi ham kiritilgan.

Paragvaylik futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va «Ipsvich» bilan 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan besh yillik shartnoma imzoladi.

Ensiso uchun «Portman Roud» begona emas. U 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini «Brayton»dan ijaraga olingan holda «Ipsvich»da o‘tkazgan. Futbolchi o‘sha davrda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Keyinchalik «Strasbur»ga ko‘chib o‘tgan Ensiso Fransiya klubi safida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi. U asosiy pozisiyasi — hujumkor yarim himoyadan tashqari, chap qanot va markaziy hujumda ham harakat qila oladi.

«Ipsvich» Ensiso bilan cheklanib qolmoqchi emas. Angliya klubi «Strasbur»ning yana bir futbolchisi Abdul Uattara transferini ham yakunlash arafasida. 20 yoshli Kot-d’Ivuar futbolchisining ham «Ipsvich» bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Kiritildi: 15:32, 17.08.2026.
O'qildi: 601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик