Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Chalxano‘g‘li «Betis»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi

Chalxano‘g‘li «Betis»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi

Baho:
+ | -

«Inter» yarim himoyachisi Hakan Chalxano‘g‘li «Betis»ga qarshi o‘tkazilgan mavsumoldi nazorat uchrashuvida kichik jarohat oldi.

La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, turkiyalik futbolchi almashtirilishidan biroz avval zarba qabul qilib olgan. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, muammo jiddiy emas, ammo uning holati joriy hafta davomida nazorat qilinadi.

«Inter» 23 avgust, shanba kuni A Seriyaning yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini «Monsa»ga qarshi o‘tkazadi. Chalhanog‘luning «San-Siro»dagi mazkur bahsda ishtirok etishi qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan keyin ma’lum bo‘ladi.

Agar 32 yoshli yarim himoyachi o‘yinga tayyor bo‘lmasa, Kristian Kivu uning o‘rnida Pyotr Zelinski yoki Aleksandar Stankovichdan foydalanishi mumkin.

Barida o‘tkazilgan «Betis»ga qarshi nazorat bahsi «Inter»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golni 82-daqiqada jamoaning yangi himoyachisi Jon Stounz urdi.

Kiritildi: 16:00, 17.08.2026.
O'qildi: 451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик