Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Leypsig» Said El-Mala uchun 60 mln yevrogacha to‘lashga tayyor

«Leypsig» Said El-Mala uchun 60 mln yevrogacha to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya»si Said El-Mala transferi uchun kurashdan chiqqanidan so‘ng, «Kyoln»ning 19 yoshli hujumchisiga «Leypsig» qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Bild xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, El-Mala anchadan beri saksoniyaliklar transfer ro‘yxatidan joy olgan. «Leypsig» joriy haftada futbolchi uchun rasmiy taklif yuborish yoki yubormaslik bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan. Biroq «Leypsig» 50 mln yevro kafolatlangan to‘lov, oson amalga oshadigan shartlar uchun 5 mln yevro va alohida yuqori natijalar uchun yana 5 mln yevrolik bonuslarni o‘z ichiga olgan taklif tayyorlamoqda. Shuningdek, «Kyoln»ga futbolchining keyingi transferidan ma’lum ulush ajratilishi mumkin.

Taklifning umumiy qiymati 60 mln yevrogacha yetadi. Bunday yirik sarmoyani amalga oshirish uchun «Leypsig» kuzatuv kengashining roziligi talab etiladi.

Bild'ga ko‘ra, El-Malaning o‘zi «Leypsig»ga ko‘chib o‘tishga tayyor. Futbolchi o‘tgan payshanbadayoq «Kyoln» kiyinish xonasida ehtimoliy transfer haqida gapirgan. Bu Dortmund klubining yakuniy taklifi kelib tushishidan ham avval sodir bo‘lgan.

«Leypsig» yangi hujumkor futbolchi uchun ikki asosiy nomzodni ko‘rib chiqmoqda. El-Maladan tashqari, «Strasbur» vingeri Diyegu Moreyra ham ro‘yxatda bor. Fransiya klubi 22 yoshli belgiyalik uchun 60–70 mln yevro talab qilmoqda.

«Kyoln»da hozircha El-Mala jamoada qolishiga ishonishmoqda. Futbolchining shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi va unda belgilangan tovon puli mavjud emas. Klub faqat favqulodda yuqori taklif kelgan taqdirdagina uni sotishni ko‘rib chiqadi.

Transfer uchun aniq muddat belgilanmagan. Biroq 1 sentyabr — yozgi transfer oynasining so‘nggi kuni yaqinlashgan sari «Kyoln» El-Mala uchun yanada ko‘proq mablag‘ talab qilishi mumkin.

Kiritildi: 16:07, 17.08.2026.
O'qildi: 596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик