Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Li Kan In «Atletiko»da Grizmannning raqamini oldi

Li Kan In «Atletiko»da Grizmannning raqamini oldi

Baho:
+ | -

«Atletiko»ning yangi futbolchisi Li Kan In jamoada 7-raqamli libosda to‘p suradi. Bu raqamni avval klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar Antuan Grizmann kiygan.

25 yoshli janubiy koreyalik futbolchi «PSJ»dan Madrid klubiga ko‘chib o‘tdi va 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan besh yillik shartnoma imzoladi. Matbuot ma’lumotlariga ko‘ra, transferning kafolatlangan qismi 35 mln yevroni tashkil etadi, bonuslar bilan summa 40 mln yevrogacha yetishi mumkin.

Kan In Li «Atletiko» tarixidagi ilk janubiy koreyalik futbolchi bo‘ldi. U hujumkor yarim himoyachi va har ikki qanotda harakat qila oladi.

Grizmann Madrid klubi safida 501 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 212 ta gol urgan. Fransiyalik futbolchi klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U jamoani tark etgach, ramziy 7-raqam Kan In Liga topshirildi.

Kiritildi: 18:49, 17.08.2026.
O'qildi: 663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик