Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Manchester Yunayted» Gavi uchun katta summa taklif qilmoqchi

«Manchester Yunayted» Gavi uchun katta summa taklif qilmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» «Barselona» yarim himoyachisi Gavini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» ispaniyalik futbolchi uchun birinchi rasmiy taklifni tayyorlamoqda. Angliya klubi «Barselona»ga 55 mln yevro taklif qilishni rejalashtirgan.

Qayd etilishicha, Gavining o‘zi ham Kataloniya klubidagi kelgusi roli borasida ayrim shubhalarga ega. Shu sababli uning yozgi transfer oynasida boshqa jamoaga o‘tishi ehtimoli istisno qilinmayapti.

Yarim himoyachining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali Gavining bozor qiymatini 30 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:12, 17.08.2026.
O'qildi: 1156 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик