Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

O‘zbekiston Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin

O‘zbekiston Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin

Baho:
+3 | -

O‘zbekiston milliy jamoasi Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.

O‘zbekistonlik jurnalist Narzulla Saydullayev ma’lumotiga ko‘ra, ikki terma jamoa o‘rtasidagi uchrashuv sentyabr oyi oxirida o‘tkazilishi kutilmoqda. Hozircha ehtimoliy bahsning aniq sanasi va qayerda tashkil etilishi haqida ma’lumot berilmagan.

Agar uchrashuv amalga oshsa, u O‘zbekiston milliy jamoasi tarixidagi eng nufuzli o‘rtoqlik bahslaridan biri bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston terma jamoasi shu yozda o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etdi. K guruhidan joy olgan jamoa Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga 0:5 va Kongo Demokratik Respublikasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani guruh bosqichida yakunladi.

Argentina esa JCH-2026da finalga qadar yetib bordi. Amaldagi jahon chempionlari yarimfinalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Argentinaliklar hal qiluvchi golni qo‘shimcha vaqtda kiritdi.

Finalda Argentina Ispaniyaga qarshi bahs olib borib, qo‘shimcha bo‘limlarda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning 106-daqiqasida Ferran Torres g‘alaba golini urdi va Argentina jahon chempionatining kumush medallariga sazovor bo‘ldi.

Kiritildi: 22:20, 17.08.2026.
O'qildi: 632 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик