Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Rasman: Xulio Ensiso "Ipsvich"ga o‘tdi

Rasman: Xulio Ensiso "Ipsvich"ga o‘tdi

Baho:
+ | -

"Strasbur"ning 22 yoshli paragvaylik hujumkor yarim himoyachisi Xulio Ensiso "Ipsvich"ga o‘tdi. Bu haqda Angliya klubining rasmiy sayti xabar berdi.

Futbolchi yangi jamoasi bilan 2031 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Transferning moliyaviy tafsilotlari rasman oshkor qilinmagan.

The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, bonuslarni ham hisobga olganda, kelishuv qiymati 30 mln yevrodan oshadi.

Ensiso o‘tgan mavsumda "Strasbur" safida barcha musobaqalar doirasida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Paragvaylik futbolchi "Ipsvich" muhitiga begona emas. U 2024/25 yilgi mavsumda ham ushbu klub safida harakat qilib, 13 ta uchrashuvda 2 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.

Kiritildi: 22:35, 17.08.2026.
O'qildi: 1016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик