Germaniyaning «Verder» klubi «Vest Xem» hujumchisi Niklas Fyullkrugni ijaraga olishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Sky Germany nashri xabar bermoqda.
33 yoshli forvard dүyshanba oqshomida Germaniyaga uchib ketishi va seshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.
Fyullkrug Bremen klubi libosini qayta kiyish uchun maoshining sezilarli darajada kamayishiga ham rozi bo‘lgan. U «yashil-oqlar» sharafini 2019 yildan 2023 yilgacha himoya qilgan, shundan so‘ng Dortmundning «Borussiya»siga, keyinchalik esa 27 million yevro evaziga «Vest Xem»ga o‘tgan edi. Hujumchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda germaniyalik futbolchi «Vest Xem» (9 o‘yin, 0 gol) va ijara asosida «Milan» (20 o‘yin, 1 gol) safida harakat qilgan.













