Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Chalxanoglu: «Inter»ning maqsadi — dominantlikni davom ettirish»

Chalxanoglu: «Inter»ning maqsadi — dominantlikni davom ettirish»

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi yarimhimoyachisi Xakan Chalxanoglu yangi mavsum oldidan o‘z kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.

22 avgust kuni Kristian Kivu boshchiligidagi «neradzurri» A Seriyaning 1-turida o‘z maydonida «Monsa»ga qarshi bahs olib boradi. O‘tgan mavsumda milanliklar chempionat va Italiya Kubogini qo‘lga kiritib, oltin dubl qayd etgan edi.

«Bizning maqsadimiz — ligada dominantlik qilishda davom etish. Men bu yerda besh yildan beri o‘ynayapman va shu vaqt ichida 8 ta sovrin yutdik, ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdik. Albatta, shu finallardan loaqal bittasida g‘alaba qozonishni juda xohlagandik, ammo bu futbol. Biz yana Skudetto va boshqa kuboklarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz», — dedi Chalxanoglu Football-Italia nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» va «Monsa» o‘rtasidagi shanba kungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 06:19, 18.08.2026.
O'qildi: 410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик