Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Fermin Lopes Ferran Torresning "PSJ"ga ketishiga munosabat bildirdi

Fermin Lopes Ferran Torresning "PSJ"ga ketishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes Ferran Torresning "Pari Sen-Jermen" klubiga o‘tishiga munosabat bildirdi.

"Bu har bir futbolchining shaxsiy qarori. Men bu masala bo‘yicha barcha ma’lumotlarga ega emasman, ammo uning ketganidan juda afsusdaman. Chunki u jamoada ajoyib sherik edi va juda yaxshi futbolchi", — dedi Lopes diariARA nashriga bergan intervyusida.

Ferran Torres "Barselona" safida 2022 yildan buyon to‘p tepib kelgan. Hujumchi kataloniyaliklar tarkibida jami 207 ta o‘yin o‘tkazib, 65 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

15 avgust kuni "PSJ" 26 yoshli ispaniyalik futbolchini "Barselona"dan sotib olganini rasman e’lon qildi. Torres Parij klubi bilan 2031 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Transfer qiymati taxminan 50 million yevroni tashkil etdi.

Kiritildi: 12:32, 18.08.2026.
O'qildi: 571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик