Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

"Barselona" futbolchilari Ferran Torresning ketish uslubidan norozi bo‘lgan

"Barselona" futbolchilari Ferran Torresning ketish uslubidan norozi bo‘lgan

Baho:
+ | -

"Barselona"ning ayrim futbolchilari Ferran Torresning klubni tark etish jarayonidan norozi bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, jahon chempionatidan keyin uning tutgan yo‘li jamoadoshlariga ma’qul kelmagan. Ayrim futbolchilar Ferranning ketish haqidagi qaroriga oldindan xabardor bo‘lmagan va uning televideniyeda aytgan gaplaridan hayratda qolgan.

Ferran turnirdan keyin "Barselona" unga yangi shartnoma taklif qilish orqali ishonchini ko‘rsatishi kerakligini aytgan va bu bayonot muxlislar orasida ham muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Keyinchalik 26 yoshli hujumchi "PSJ"ga o‘tdi va Parij klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer qiymati taxminan 50 mln yevroni tashkil etgan. Ferran "Barselona" safida 207 o‘yinda 65 ta gol urgan.

Kiritildi: 12:49, 18.08.2026.
O'qildi: 1070 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик