Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

37 yoshli Obameyang La Ligaga qaytishini gol bilan nishonladi (+Video)

37 yoshli Obameyang La Ligaga qaytishini gol bilan nishonladi (+Video)

Baho:
+ | -

"Deportivo La-Korunya" hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang yangi jamoasi safidagi debyut uchrashuvidayoq gol urdi.

37 yoshli gabonlik futbolchi La Liganing 1-turida "Elche"ga qarshi bahsning 21-daqiqasida hisobni ochdi. Lorenso Amatuchchining uzatmasini qabul qilgan Obameyang chap oyoqda aniq zarba berib, to‘pni darvozaga joyladi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Bu "Deportivo"ning sakkiz yillik tanaffusdan keyin La Ligada urgan birinchi goli bo‘ldi. Galisiya klubi o‘tgan mavsum Segundada ikkinchi o‘rinni egallab, Ispaniya elitasiga qaytgan edi.

Obameyang "Deportivo"ga shu yozda "Marsel"dan kelib qo‘shilgan va klub bilan ikki yillik shartnoma tuzgan.

Kiritildi: 13:23, 18.08.2026.
O'qildi: 1465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик