Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

"Aston Villa" himoyachisi Shotlandiyaga yo‘l oladi

"Aston Villa" himoyachisi Shotlandiyaga yo‘l oladi

Baho:
+ | -

"Aston Villa"ning o‘ng qanot himoyachisi Kosta Nedelkovich "Reyndjers"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Glazgo klubi Serbiya milliy jamoasining 20 yoshli futbolchisini mavsum oxiriga qadar ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bitimda Nedelkovichni 4 million funt evaziga sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, agar himoyachi "Reyndjers" safida belgilangan miqdorda o‘yin o‘tkazsa, uni sotib olish bandi majburiy tus oladi.

Nedelkovich so‘nggi bir yarim mavsumni ijara asosida "RB Leypsig" tarkibida o‘tkazdi.

"Aston Villa" esa, o‘z navbatida, "Vest Xem"ning o‘ng qanot himoyachisi Aaron Uan-Bissaka transferi ustida ishlashni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 13:54, 18.08.2026.
O'qildi: 477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик