Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dortmundning «Borussiya» klubi niderlandiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Dortmundning «Borussiya» klubi niderlandiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasining 27 yoshli markaziy yarim himoyachisi Joui Verman faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettiradi. Havbek PSVdan Dortmundning «Borussiya» klubiga o‘tdi. Bu haqda «asalarilar»ning rasmiy saytida xabar berildi.

Verman 2031 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi. Germaniyada yarim himoyachi 25-raqam ostida to‘p suradi.

«Dortmundning «Borussiya» klubi Yevropaning eng yirik klublaridan biri hisoblanadi va men endi uning bir qismi ekanimdan faxrlanaman. Bu yerda ekanimdan juda xursandman va «Borussiya» bilan birga muvaffaqiyatlarga erishishni intiqlik bilan kutmoqdaman», — deydi Verman shartnoma imzolanganidan so‘ng.

O‘tgan mavsumda Verman barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 15 ta assist muallifi bo‘ldi.

Kiritildi: 14:52, 18.08.2026.
O'qildi: 625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик