Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Elit Osiyo Chempionlar ligasi: 2026/27-yilgi mavsum taqvimi ma’lum bo‘ldi

Elit Osiyo Chempionlar ligasi: 2026/27-yilgi mavsum taqvimi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

2026/27-yilgi Elit Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining liga bosqichida uchrashuvlar o‘tkaziladigan sanalar ma’lum qilindi.

Osiyo Futbol Konfederasiyasi tomonidan tashkil etiladigan nufuzli musobaqaning yangi mavsumida 32 ta klub ishtirok etadi. Jamoalar G‘arb va Sharq mintaqalariga bo‘lingan holda bellashadi.

Liga bosqichi quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

1-tur: 14–16-sentyabr 2026 yil;
2-tur: 12–14-oktyabr 2026 yil;
3-tur: 26–28-oktyabr 2026 yil;
4-tur: 2–4-noyabr 2026 yil;
5-tur: 23–25-noyabr 2026 yil;
6-tur: Sharq mintaqasida 1–2-dekabr, G‘arb mintaqasida 7–8-dekabr 2026 yil;
7-tur: 8–10-fevral 2027 yil;
8-tur: 15–17-fevral 2027 yil.

Liga bosqichidan keyin musobaqaning pley-off uchrashuvlari mart oyida, hal qiluvchi bahslar esa 2027-yilning aprel-may oylarida o‘tkaziladi. Final uchrashuvi 1-may kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 15:36, 18.08.2026.
O'qildi: 2139 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик