Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

"Manchester Yunayted" Kamavingaga "Real"dagi maoshi oshirilgan besh yillik shartnoma taklif qilmoqchi

"Manchester Yunayted" Kamavingaga "Real"dagi maoshi oshirilgan besh yillik shartnoma taklif qilmoqchi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar "Real" yarim himoyachisi Eduardu Kamavingani sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Migel Serrano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliya klubi 23 yoshli fransuzga besh yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. "Manchester Yunayted"da Kamavinganing maoshi hozirgi daromadiga nisbatan taxminan 50 foizga oshirilishi va yiliga 9 mln yevro atrofida bo‘lishi mumkin.

Manchester klubining Kamavingaga qiziqishi yangi emas. Iyun oyidayoq "Yunayted" futbolchining transferi shartlarini bilish uchun "Real" bilan aloqaga chiqqan edi. O‘shanda Madrid klubi fransuz uchun taxminan 60 mln yevro talab qilayotgani xabar qilingan.

Ayni paytda Kamavinganing o‘zi "Santyago Bernabeu"ni tark etishga shoshilmayapti. Avvalgi xabarlarga ko‘ra, fransuz "Real"da qolib, asosiy tarkibdagi o‘rni uchun kurashishni afzal ko‘radi. Shunga qaramay, madridliklar munosib taklif tushsa, uni sotish imkoniyatini butunlay istisno qilmagan.

Kamavinganing "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. U Madrid klubiga 2021 yilda "Renn"dan kelib qo‘shilgan.

Transfermarkt portali 23 yoshli yarim himoyachining hozirgi bozor qiymatini 50 mln yevroga baholamoqda. Kamavinga markaziy va tayanch yarim himoyachi pozisiyalaridan tashqari, zarurat tug‘ilganda chap qanot himoyasida ham harakat qila oladi.

Kiritildi: 15:45, 18.08.2026.
O'qildi: 1143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик