Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Palinya «Benfika»ga o‘tishga yaqinlashmoqda

Palinya «Benfika»ga o‘tishga yaqinlashmoqda

Baho:
+ | -

«Benfika» «Bavariya»ga Joau Palinya uchun 15 million yevro taklif qildi. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Lissabon klubi 31 yoshli tayanch yarim himoyachisining transferi bo‘yicha muzokaralarni yaqin orada yakunlashni rejalashtirmoqda. Yana 5 million yevro «Bavariya»ga bonuslar sifatida tegishi mumkin.

«Benfika» futbolchining o‘zi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan dastlabki shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Palinyaning maoshi soliqlar to‘langanidan keyin yiliga taxminan 3 million yevroni tashkil etadi.

O‘tish jarayonini «Nyukasl» murakkablashtirishi mumkin. Biroq «Benfika» Palinyaning Portugaliyaga qaytish, oilasiga yaqinroq bo‘lish istagi hamda bosh murabbiy Marku Silva bilan yaxshi munosabatlari ingliz klubining moliyaviy jihatdan manfaatliroq taklifidan ustun kelishiga umid qilmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda portugaliyalik futbolchi ijara huquqi asosida «Tottenxem»da o‘ynab, 45 ta o‘yinda maydonga tushdi, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 16:06, 18.08.2026.
O'qildi: 619 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик